O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va BMT: giyohvandlikka qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlik muhokama qilindi

2021-04-16 | Jamiyat

2021-yil 14-aprel kuni poytaxtimizda O‘zbekiston hukumati tomonidan BMTning Giyohvand moddalar bo‘yicha komissiyasining 64-sessiyasi doirasida "Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashda O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti giyohvandlik vositalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik: hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari O‘tkirjon Qodirov va qo‘mitaning mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.
 
Ta'kidlanganidek, 2017-yil 18-20 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi rasmiy delegasiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea bo‘ldi. Ayniqsa, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga asos yaratdi.
 
Shuningdek, Prezidentimizning BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasidagi ishtiroki hamda BMT Bosh kotibi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi strategiyasi yuzasidan qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.
 
O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari bilan munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun 2020-yil iyun oyida Nyu-Yorkda Harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi) qabul qilingan.
 
Ushbu hujjat 17 yo‘nalishni, xususan, davlat rahbarining tashqi siyosiy tashabbuslarini, barqaror rivojlanishga qaratilgan takliflarni ilgari surish va amalga oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni, shuningdek, dunyoda barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash va erishish bo‘yicha g‘oyalarni o‘z ichiga oladi.
 
Yo‘l xaritasida rejalashtirilgan tadbirlar bilan bir qatorda, O‘zbekistonning BMT Bosh assambleyasining “Markaziy Osiyo – giyohvandlikka qarshi” rezolyusiyasini ilgari surish, shuningdek, O‘zbekistonning BMTning Giyohvand moddalar bo‘yicha komissiyasi a'zosi maqomini olishi ham ko‘zda tutilgan.
 
Tadbirda nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqa va butun dunyo uchun ham jiddiy xavf tug‘diradigan zamonaviy giyohvandlik muammolarining dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi.
 
Ta'kidlash joizki, respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi turli idoralar vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 2020-yilda 280,2 kg og‘irlikdagi giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi. Joriy yilning 1 choragida esa bu ko‘rsatkich 56,1 kg.ni tashkil qildi. Bundan tashqari, 857 dona psixotrop tabletkalar hamda 13.4 ming donadan ziyod kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga ham chek qo‘yilgan.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться