O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tataristonda O‘zbekiston turizmi taqdimotlari

2021-04-13 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Xalqaro islom akademiyasi, Musulmonlar idorasi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida Tatariston Respublikasi Turizm davlat qo‘mitasi raisi Sergey Ivanov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ziyorat turizmi va gastronomik turizm bo‘yicha hamkorlik istiqbollari, soha uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ikki tomon nodavlat, notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni faollashtirish, targ‘ibotni kuchaytirish, shuningdek, Qozon shahridan charter reyslar tashkil etish orqali sayyohlarning O‘zbekistonga kelishi kabi qator masalalar muhokama qilindi.  

– Oxirgi yillarda O‘zbekistonga borayotgan sayyohlar soni keskin oshgani barchamizga ma’lum, tataristonlik sayyohlar ham shular jumlasidandir, – deydi Tatariston Respublikasi Turizm davlat qo‘mitasi raisi Sergey Ivanov. 

– Bu yil ham O‘zbekistonda ijobiy tendensiyalar davom etishiga ishonamiz. Tatariston aholisi uchun nafaqat madaniy-tarixiy, gastronomik turizm, balki ziyorat turizmi yo‘nalishi ham qiziq bo‘lishi, shubhasiz. Tataristonda faoliyat olib borayotgan mahalliy turoperatorlarni o‘zbekistonlik hamkasblari bilan faol hamkorlik qilishga chorlab qolaman.

Qozon shahridagi “Miraj” mehmonxonasi anjumanlar zalida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot hamda ikki tomon turoperatorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar o‘tkazildi. Tadbirlarda Tatariston Respublikasining 70 ga yaqin turoperatori ishtirok etib, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha zarur kelishuvlarga erishildi.  

Shundan so‘ng Turizm va sport vazirligi tomonidan ziyorat turizmi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir doirasida taniqli hattot Habibulloh Solih tomonidan namoyish etilgan mahorat darsi tataristonliklarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Muhayyo Toshqorayeva

Manba: O'zA

Поделиться