O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Erkinjon Turdimov tadbirkorlar va deputatlarga murojaat qildi

2021-04-13 | Iqtisodiyot

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va byudjetga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha birinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha mahalliy Kengashlari deputatlari hamda tadbirkorlarga murojaat qildi.

– Joriy yilning 1 aprel holatida viloyatimizda 69167 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat ko‘rsatmoqda – dedi E.Turdimov. 

– Ularning 37417 tasi kichik biznes sub’ektlari va 31750 ta yakka tartibdagi tadbirkorlardir. Yilning birinchi choragida 7238 ta yangi sub’ektlar tashkil etilgan bo‘lsa, ikkinchi chorakda ularning qatoriga yana 6600 dan ortiq tadbirkorlik sub’ekti qo‘shilishi rejalashtirilgan. Ming afsuski bugungi kunda 2192 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat ko‘rsatmayapti. Yilning birinchi yarim yilligida ularga amaliy yordam ko‘rsatgan holda 30 foizining faoliyatini tiklashni maqsad qilganmi.

Viloyat hokimining qayd etishicha, har dushanba kuni viloyat sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Tadbirkorlar kuni”da yil boshidan buyon 346 nafar tadbirkor murojaat qilgan. Ular murojaatlarining 293 tasi ijobiy hal etilib, 53 tasi yuzasidan tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.  

Tijorat banklari tomonidan birinchi chorakda 29250 tadbirkorga barcha manbalar hisobidan jami 1 trillion 181 milliard so‘m kreditlar ajratilgan.  

 Hisobot davrida viloyatda qiymati 580,3 milliard so‘mlik 100 ta loyihani ishga tushirish, 1 257 ta yangi ish o‘rni yaratish belgilangan bo‘lsa-da, amalda 832,1 milliard so‘mlik 248 ta loyiha ishga tushirildi va 1808 yangi ish o‘rni yaratildi.  

E.Turdimov yilning dastlabki uch oyida bandlik dasturi ijrosi, byudjetga tushumlar, “Temir daftar”dagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berib, birinchi yarim yillikka mo‘ljallangan rejalarga to‘xtaldi.

 

 G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat)

Manba: O'zA

Поделиться