"Temir daftar"dagi oilalarning 20 nafar farzandlari uchun xatna to’yi tashkil etildi
Muqaddas Ramazon oyi arafasida Farg’ona shahrida kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarning 20 nafar farzandlari uchun sahovatpesha tadbirkorlar ko’magi bilan xatna to’yi tashkil etildi.
Unda viloyat hokimi o’rinbosari Fayzullo Qosimov, shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev, keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.
So’z olganlar oilalarga tinchlik-totuvlik, jajji bolajonlarga baxt-u kamol tiladilar. Velosipedlar va homiylar tomonidan ajratilgan pullar o’z egalariga topshirildi.
Shu kuni tadbirkor Sohibjon Ostanqulov tomonidan yangi ovqatlanish markazi faoliyati ham yo’lga qo’yildi va bu yerda 15 nafar ishsiz fuqaro bandligi ta'minlandi. To’kin dasturxon, go’zal kuy-qo’shiqlar barchaga ko’tarinkilik ulashdi.
Manba: Fаrg’оnа vilоyati hоkimligi