O‘rta Chirchiq tumani "Qumovul" MFY da joylashgan viloyat Xalq qabulxonasi tashkil etilgan uchrashuvda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarini o‘z vaqtida hal etish masalalariga e'tibor qaratildi.
Qabulda Angren shahri, Chinoz, Zangiota, Qibray, O‘rta Chirchiq va Bo‘ka tumanida faoliyat olib boruvchi 100 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etdi hamda ularning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarda asosan: elektr va gaz ta'minoti, yer ajratish, bandlik, kredit olish, ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
40 ga yaqin murojaat joyida hal etilib, huquqiy maslahat va ko‘rsatmalar berildi. O‘rganish talab etiladigan masalalar nazoratga olinib, ularning yechimi yuzasidan Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi hamda tegishli mas'ullarga topshiriq berildi.
Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi