O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

II Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik san’atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2021-04-12 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Baxshichilik san’atini respublika va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini respublikaning boshqa hududlarida ham o‘tkazish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos ijro uslublari asosida ijodiy maktablarni “ustoz-shogird” an’analari asosida qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida: 
 
1. Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021-yilda Nukus shahrida II Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini (keyingi o‘rinlarda – Festival) tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi PQ–3990-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (A.N. Aripov):
 
a) Festivalni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada o‘tkazish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
 
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda:
 
Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini kelgusida bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida o‘tkazish choralarini 
ko‘rsin; 
 
sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda joriy yildagi Festival hamda kelgusidagi Xalqaro baxshichilik san’ati festivallarini o‘tkazish muddatini belgilasin.
 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
 
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
 
 
      O‘zbekiston Respublikasi
 
                Prezidenti                                                         Sh.MIRZIYOEV
 
 
 
Toshkent shahri, 
 
2021-yil 10-aprel

Manba: O'zA

Поделиться