O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti Termizga keldi

2021-04-11 | Sport

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy XV xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Surxondaryo viloyatiga jahonning turli davlatlaridan mehmonlar kelishi davom etmoqda.

Termiz xalqaro aeroportida Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolov Bosh vazir o‘rinbosari A. Abduhakimov hamrohligida kelgan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmonni tantanali kutib oldi.

Shuningdek, nufuzli turnirda ishtirok etish uchun Xindiston, Gretsiya, Quvayt kabi davlatlardan kelgan delegatsiyalar azolari ham izzat-ikrom bilan kutib olindi.  

Bosh vazir o‘rinbosari A. Abduhakimov va Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon nufuzli xalqaro turnirga bag‘ishlangan navbatdagi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV

Manba: O'zA

Поделиться