O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijro intizomi hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta'minlashga qaratilgan amaliy uchrashuv o‘tkazildi

2021-04-07 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida Adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliyev hamda ushbu vazirlikning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Adxam Turdiyev ishtirokida ijro intizomini mustahkamlash, ijro nazoratini kuchaytirish, mas'ul xodimlarning bu boradagi mas'uliyati va shaxsiy javobgarligini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy uchrashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi zimmasiga davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy ko‘maklashish vazifasi yuklatilgan.
 
Mazkur vazifa ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan uchrashuv davomida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi markaziy apparati hamda hududiy bo‘linmalarida qonunchilik hujjatlari va toshpishiriqlari ijrosini samarali tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha zarur fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.
 
Tadbirda, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining “respublika — viloyat — tuman — mahalla” tamoyili asosida tashkil etish hamda ularning ijro etilish mexanizmlari hududlarga chiqqan holda o‘rganilishi va tahlil qilinishi aytib o‘tildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться