O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Yangi O‘zbekiston"da "Yangi avlod" maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

2021-04-02 | Ta’lim

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish borasidagi, ayniqsa, chekka qishloqlarga qaratayotgan e'tibori natijasida hududlarda zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari barpo etilmoqda.

Bugun ana shunday inshootlardan biri Mirzaobod tumani “Yangi O‘zbekiston” mahallasida “Qishloq kurilish invest” MChJ homiyligi asosida qurilgan 2 qavatli “Yangi avlod” davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
 
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzaev, Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin, viloyat va tuman sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
 
Tadbirni viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzaev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
 
Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzaev barchani yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti ishga tushgani munosabati bilan qutlar ekan, tarbiyaning negizi bo‘lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini zamon talablari darajasida yuqori saviyada tashkil etish, zarur anjomlar, malakali kadrlar bilan ta'minlash yetuk, barkamol kelajak avlodni tarbiyalashda muhim omil ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
 
Yangi qurilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida guruh va sanitariya-gigiena xonalari, tibbiyot xonasi, musiqa zali, alohida oshxona, umumiy ovqatlanish zali, o‘yin maydonchalari, yozgi ayvonchalar, mini futbol maydonchasi hamda suzish havzasi barpo etilgan.
 
Shu bilan bir qatorda, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan homiylik yordamida bolalar yoshiga mos bo‘lgan o‘yinlar va o‘yinchoqlar to‘plamlari, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur ko‘rgazma, tarqatma va didaktik materiallar, zamonaviy mebel' jihozlari, maishiy texnika, oshxona jihozlari bilan ta'minlandi.
 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy, aqliy, kognitiv va shaxsiy rivojlanishi uchun barcha sharoitlar mavjud bo‘lgan ushbu tashkilotga 100 nafar bolalar qabul qilinib, belgilangan davlat talablari va dastur asosida, malakali mutaxassislar tomonidan ta'lim-tarbiya beriladi.
 
Maktabgacha ta'lim tashkilotining tashkil etilishi "Yangi O‘zbekiston" mahallasiga ko‘chib kelgan mirzaobodliklar quvonchiga sabab bo‘ldi.
 
– Davlatimiz tomonidan yoshlar tarbiyasiga katta e'tibor berilayotganidan mamnunmiz, – deydi mehnat faxriysi Maxfirat Jo‘raqulova. – Sardoba suv toshqini yuz berguniga qadar mahallamizda bog‘chalar yo‘q edi. Mavjudlari esa uzoqligi tufayli nabiralarimni bog‘chaga berolmaganim armon edi, endi nabiralarim zamonaviy muassasada tarbiyalanadigan bo‘ldi. Bu yerdagi jajjilarimiz uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rib havas qildim. Shunday kunlarga yetganimizga shukr qilaman. 
 
Zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan sharoitlardan keng foydalangan holda bolalarning yoshi, qiziqishi hamda qobiliyatidan kelib chiqib, sport, musiqa, til o‘rgatish, rasm to‘garaklari yo‘lga qo‘yilib, bolajonlarning iqtidorini yanada rivojlantirishga erishiladi.

Manba: Sirdаryo vilоyati hоkimligi

Поделиться