O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi

2021-04-01 | Jamiyat

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Sog‘liqni saqlash, Transport, Adliya vazirliklari vakillari va boshqa tashkilotlar mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
 
 
Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi sohasiga alohida e'tibor qaratilib, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 11-avgust va 15-sentabrda qabul qilingan qarorlari ichki va tashqi mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish hamda xorijiy ish beruvchilar talablari asosida kasbga va xorijiy tillarga o‘qitish orqali ish bilan ta'minlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.
 
Sohada kuzatilgan ko‘p yillik muammolar chuqur tahlil qilinib, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushini va geografiyasini kengaytirish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari, yuridik tashkilotlar bilan birgalikda og‘ir vaziyatda ishsiz, boshpanasiz qolgan va haq-huquqlari kamsitilayotgan mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash, tashqi mehnat bozori istiqbollarini o‘rganish orqali fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
 
“Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasida Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi asosiy prinsiplar, sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik, davlat organlarining tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatlari, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatiga doir huquqlari, mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va ular to‘g‘risidagi ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash va boshqa masalalar ko‘zda tutilmoqda.
 
Yig‘ilishda shuningdek, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ularning faoliyatini yanada to‘g‘ri tashkil etishda muhim omil bo‘layotganiga alohida e'tibor qaratildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться