O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda “Valor Hospitality Partners” kompaniyasining besh yulduzli “Hyatt Regency” mehmonxonasi ochiladi

2021-03-31 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 30-mart kuni AQShning “Valor Hospitality Partners” kompaniyasi Boshqaruv raisi Euan Mc Glashan boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar olib bordi.  

Uchrashuv davomida Aziz Abduhakimov tomonidan mehmonlarga O‘zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Xorijiy hamkor tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar yuqori baholanib, turizm sohasini yanada rivolantirishga doir hamkorlik qilish istagi bildirildi. “Valor Hospitality Partners” kompaniyasi Boshqaruv raisi Euan Mc Glashan tomonidan O‘zbekistonda Hyatt, Accord, Marriot, Hilton kabi dunyoning yetakchi brend mehmonxonalar tarmog‘ida faoliyat olib boruvchi kadrlar tayyorlovchi ta’lim maskanini ochish bo‘yicha taklif berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar “Valor Hospitality Partners” kompaniyasining mamlakatimizda boshqaruv ofisini tashkil etishga, O‘zbekistonning turizm salohiyatini butun dunyoda targ‘ib qilish hamda Buxoro shahrida “Hyatt Regency” brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kelishib olishdi.

Shuningdek, hamkorlar tomonidan 31-martda Toshkentda Metric Ventures (MJ Group kompaniyasi) va Hyatt International bilan shartnoma imzolash marosimi o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun: “Valor Hospitality” kompaniyasi Hyatt, Accord, Marriot, Hilton kabi dunyoning yetakchi mehmonxona brendlari boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya bo‘lib, hozirga qadar komopaniya tomonidan dunyo bo‘ylab 60 000 xonadan iborat bo‘lgan 150 ta mehmonxona boshqaruvi yo‘lga qo‘yilgan. Kompaniya Buyuk Britaniya, Tayland, Janubiy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida o‘z boshqaruv ofislariga ega.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться