O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniyaning to‘qimachilik texnologiyalari va tajribasini o‘rganishga doir seminar o‘tkazildi

2021-03-30 | Siyosat

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Germaniyaning “Trutzschler GmbH & Co” kompaniyasi rahbari Vitaliy Shuls ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, to‘qimachilik sanoati murakkab va xilma-xil tarmoqlardan iborat bo‘lib, uning eng yirik mexanizmlaridan biri ip yigirish jarayonidir. Bu jarayonlarni boshqarishda yigiruvchi bakalavr va magistrlarning o‘rni benihoya katta. Ular tabiiy va kimyoviy tolalardan sifatli iplar tayyorlash, ip ishlab chiqarishda o‘nlab zamonaviy uskunalarni boshqarishi mumkin.

Hozirgi kunda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi qo‘shma korxonalar Germaniyaning “Trutzschler” va “Saurer” kompaniyasiga qarashli “Schlafhorst”, “Volkmann” va “Zinser” firmalarining zamonaviy texnologiyalari bilan ta’minlangan.

Xususan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi o‘quv laboratoriyasida o‘rnatilgan titish-tozalash agregati, markali tarash, piltalash, piliklash, halqali yigirish, markali pnevmomexanik yigirish, markali qayta o‘rash, sopmact ip pishitish mashinalarining eng so‘nggi turlaridan foydalanilmoqda. Mazkur uskunalarni yanada mukammal bilish esa xorijiy tajribani o‘rganishni talab qiladi.  

Seminarda Vitaliy Shuls “To‘qimachilik uskunalarining yangi avlodi” mavzusida ma’ruza qilib, ishtirokchilarni kompaniyaning yangi rusumdagi “. “Blendomat BO-P” avtomatik toy titish hamda “TC-19i” karda tarash mashinalari bilan tanishtirdi. Ushbu uskunalardan samarali foydalanish va yangicha qirralarini bilish borasida ma’lumot berdi.

Seminarda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar qatnashdi.

Manba: O'zA

Поделиться