O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning mukammal seysmik xaritasi ishlab chiqilmoqda

2021-03-30 | Fan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Mohira Jumanova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, seysmogen zonalarning seysmologik va seysmotektonik potensialini baholash metodikasini takomillashtirish asosida Markaziy O‘zbekiston hududining mukammal seysmik rayonlashtirish xaritasi ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi va Jamg‘arma joriy yil mart oyi boshida ilmiy tadqiqotlar uchun 150 milliongacha so‘mgacha grantlar ajratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Tanlov shartlaridan o‘tgan loyihalar bir yil mobaynida, ya’ni, 2021 yil may oyidan 2022 yil may oyiga qadar Jamg‘arma hisobidan moliyalashtiriladi.

Bundan tashqari, suv omborlarining seysmik holatini baholash bo‘yicha ekspress uslub ishlab chiqildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tosh bilan to‘ldirilgan gruntli va temir-beton tayanchli to‘g‘onlar holati monitoringi uslubiyoti to‘g‘on inshooti tebranish ko‘rsatkichlarini turli qismlarda o‘zgarishini qayd qilish va tebranish spektrlarini taqqoslash asosida bashorat qilishdan iborat. To‘g‘on va qirg‘oqlar bo‘ylab 25 metrdan 100 metrgacha bo‘lgan masofa bilan 40 daqiqalik intervallarda mikroseysmik o‘lchovlar olib boriladi.

O‘lchovlarning birinchi sikli natijasida to‘g‘on tanasida to‘lqinlarni qayd qilish punktlarining chastotalari pasporti tuziladi. Agar ba’zi bir qayd qilish punktlarida chastotalar o‘zgarib tursa, to‘g‘on tanasining suv massasi bilan yuklanish darajasi yoki to‘g‘on tanasi holatining o‘zgarganlik darajasini baholash mumkin bo‘ladi.

Manba: O'zA

Поделиться