O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Bosh vazirlarining uchrashuvi
2021-03-26 | Siyosat
Toshkentda bugun O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning to‘qqizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish oldidan ikki mamlakat Bosh vazirlari Abdulla Aripov va Uluqbek Maripov tor doirada muzokara o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning shu yil 11-12 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralari qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarga yangicha ruh va mazmun bag‘ishlagani ta’kidlandi.
Shu bilan birga aloqalarning bugungi ahvoli qoniqarli emasligi, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.
O‘z navbatida, Uluqbek Maripov Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga keng yo‘l ochgani, endi hukumatlar zimmasida ikki mamlakat yetakchilari belgilab bergan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi turganini qayd etdi.
G‘ayrat Xonnazarov
Manba: O'zA