O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimiz oziq-ovqat sanoati yutuqlari Qirg‘iziston delegatsiyasida qiziqish uyg‘otdi

2021-03-25 | Iqtisodiyot

Qirg‘iziston Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi “ARDENT FOODS” (N`MEDOV) mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasiga bordi.

Ushbu korxona bo‘sh turgan binolar negizida samarador tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etish va ish yangi o‘rinlari yaratishga qaratilgan siyosat samarasi sifatida vujudga kelgan.

Loyiha qiymati 77 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan majmua ikkita liniyadan iborat. Birida yigirmaga yaqin turdagi qandolat mahsulotlari, ikkinchisida oziq-ovqat ingrediyentlari ishlab chiqarilmoqda. 150 kishi ish bilan ta’minlangan.

Hozircha bir necha qo‘shni davlatda o‘z xaridoriga ega tovarlarga talab borgan sari oshib, yangi bozorlarga yo‘l ochilmoqda. Tabiiyki, ushbu sifatli mahsulotlar Qirg‘iziston hukumati rahbarida ham jiddiy qiziqish uyg‘otdi.

Manba: O'zA

Поделиться