O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bosh vazirlar zargarlik zavodini ko‘zdan kechirdi
2021-03-25 | Iqtisodiyot
Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov Toshkent shahridagi «Gold Moon Tashkent» korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.
Zargarlik buyumlarini zamon talabiga mos sifatli va raqobatbardosh qilib ishlab chiqarish maqsadida majmuaga Italiya, Germaniya va Turkiyadan asbob-uskunalar keltirilgan. Korxonada ayni paytda 300 dan ziyod turdagi tayyor va yarim tayyor zargarlik buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Zavod yiliga 6 ming kilogramm zargarlik mahsulotlari tayyorlash quvvatiga ega.