O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg‘iz Respublikasi hukumati rahbari “IT Park” majmuasida bo‘ldi
2021-03-25 | Texnologiyalar
Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida poytaxtimizdagi “IT Park” majmuasiga tashrif buyurdi.
Mazkur dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki istiqbolli startap-loyihalarni ishga tushirish hamda ichki va tashqi bozorga chiqarishga ixtisoslashgan. Majmua rezidentlari – mamlakatimizning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassislari o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun biznes-inkubatsiya dasturlarini amalga oshirish, akseleratsiya va vensur moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Parkning asosiy vazifasi eksportga yo‘naltirilgan yangi ish o‘rinlari ochishni ko‘zda tutuvchi raqobatbardosh startap-ekotizimlar yaratishdan iborat.
Majmua Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolarida katta taassurot qoldirdi.
Manba: O'zA