O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg‘iziston Bosh vaziri Toshkentdagi “Texnopark” majmuasiga tashrif buyurdi
2021-03-25 | Siyosat
Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun bugun mamlakatimizga tashrif buyurgani haqida xabar qilgan edik.
Yuqori martabali mehmon dastlab Toshkent shahridagi “Texnopark” majmuasi faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu zamonaviy majmua davlatimiz rahbarining 2019-yil 1-maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Bu yerda umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Qirg‘iziston Bosh vaziriga “Texnopark”dagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar – maishiy texnika, elektron gaz hisoblagichlar, liftlar, suv nasoslari, sanoat konditsionerlari va sovutish tarmoqlari haqida ma’lumot berildi.
Manba: O'zA