O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzaxda kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi

2021-03-25 | Sport

Jizzax shahrida kurash bo‘yicha 2001-2003-yillarda tug‘ilgan yoshlar va qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati bahslari boshlandi.

Jizzax Olimpiya zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tayotgan bellashuvlarda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 900 nafarga yaqin yosh polvonlar jami 15 ta vazn toifasi bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashmoqda.

 O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Jizzax viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning ochilish marosimida o‘zbek kurashining tarixi, milliy maʼnaviyatimizda tutgan o‘rni haqida so‘z bordi. Taʼkidlanganidek, kurash tarbiya maktabi bo‘lib, u insonda halollik, mardlik va yuksak axloq kabi xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ana shu jihatlari bilan kurashimizning dunyo miqyosida nufuzi ortib borayotgani va bu borada Prezident qarorining ahamiyati eʼtirof etildi. Yangilik sifatida jangovar kurash yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilindi.

Chempionatning dastlabki kunida qizlar -44 kg, -48 kg va -52 kg vazn toifalarida gilamga chiqishgan bo‘lsa, yoshlar -55 kg, -60 kg va -66 kg vazn toifalarida kurashga tushishdi. O‘z vazn toifalarida kuchlilar saralangach, final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, qizlar o‘rtasida -44 kg vazn toifasida buxorolik Hamida Fazliyeva g‘olib chiqdi va mamlakat chempioniga aylandi. -48 kg vaznda esa qashqadaryolik Gulhayo Jo‘rayevaga munosib raqib topilmagan bo‘lsa, -52 kg vaznda poytaxtlik Dillola Dehqonboyeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Jizzax Olimpiya zaxiralari kollejida kurash bo‘yicha 2001-2003-yillarda tug‘ilgan yoshlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться