“Obod va ko‘rkam mahallam” xayriya hasharida Vazirlar Mahkamasi xodimlari faol ishtirok etdi
Hashar – azaldan o‘zbek xalqining milliy qadriyati va an'analaridan biri bo‘lib, insonlarni yagona maqsad sari undaydi. Navro‘z bayrami arafasida mamlakatimizda umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish an'anaga aylangan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-martdagi farmoyishiga muvofiq mamlakatimizning barcha xududlarida 13-mart kuni “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya xasharini o‘tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan, mamlakatimiz aholisi bir yoqadan bosh chiqarib, bahamjihat bo‘lib shahar hamda qishloqlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirmoqda.
Joriy yilning 13-mart kuni Bosh vazir boshchiligida Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining mediamarkazi binosi va “Paxtakor” stadioni oralig‘idagi hududda o‘tkazilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati