O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
IJF prezidenti janob Marius Vizer Toshkent "Katta Dubulg‘a" turnirining tashkilotchiligiga yuqori baho berdi
2021-03-08 | Sport
So‘nggi yillarda yurtimizda nufuzli xalqaro musobaqalarni o‘tkazish orqali O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Uch kun davomida ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 71ta davlatidan kelgan 500 nafardan ziyod sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib borishdi.
Xabaringiz bor, poytaxtimiz mezbonlik qilgan "Katta Dubulg‘a" xalqaro turnirida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti janob Marius Vizer ham ishtirok etdi.
Tashrif davomida janob Vizer o‘zbekona mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirar ekan, Toshkent "Katta Dubulg‘a" xalqaro turnirining tashkiliy jihatlariga juda yuqori baho berdi.
O‘z navbatida R.Ermatov Xalqaro dzyudo federatsiyasiga hamkorlik uchun tashakkur izhor qilib, yurtimiz IJF bilan do‘stona aloqalarning yana-da mustahkamlanishiga umid bog‘lashini, kelgusi yil Toshkentda bo‘ladigan Jahon chempionati bahslarini ham bundanda yuqori saviyada tashkil etilishini taʼkidladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi