O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya tashqi ishlar vaziri Urganchga keldi
2021-03-07 | Siyosat
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Urganch aeroportida mehmonni O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
“Dunyo” AA xabar qilganidek, Turkiya delegatsiyasi 6-9 mart kunlari O‘zbekistonga tashrifi davomida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari raisligidagi Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif dasturida Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarda uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi