O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Tehronda O‘zbekiston-Eron siyosiy maslahatlashuvlarining 6-raundida ishtirok etadi va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi
2021-03-07 | Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi delegatsiya 7-10 mart kunlari Eronga tashrif buyurib, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundida qatnashadi, rasmiy va ishbilarmon doiralar vakillari bilan, shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Kotibiyatida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" agentligi muxbiri.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy va texnik hamkorlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish bo‘yicha takliflarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi