O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yasharish va yangilanish ayyomi shodiyonalari

2021-03-04 | Madaniyat

O‘lkamizga fasllar kelinchagi bahor kirib keldi. Uning ko‘rku tarovati, fayzi bo‘lakcha. Yasharish va yangilanish ayyomi bo‘lgan ushbu faslda biz 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni va 21-mart – Navro‘z umumxalq bayramlarini o‘zgacha xushnudlik bilan nishonlaymiz.

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob'ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismlarida ham ushbu bayramlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida turli ma'naviy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, Bekobod shahridagi harbiy qismda yurt himoyachilarining turmush o‘rtoqlari ishtirokida “Zakovat” itellektual o‘yini o‘tkazildi. Oqila bekalar berilgan savollarga aniq va batafsil javob berib, zukkoliklarini barchaga namoyon etdilar. Bellashuv natijalariga ko‘ra g‘olib jamoa harbiy qism komandirining Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 
 
Olmaliq shahridagi harbiy qismda esa, harbiylar va ularning oila a'zolari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida bahor taomi sumalak tayyorlash boshlab yuborildi. Erta tongdan doshqozon osilib, ahillikda qozonga solingan sumalak o‘z atrofida yoshu qarini birlashtirdi. Shuningdek, har bir bo‘linma tomonidan bahoriy taomlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. O‘quvchi yoshlar va harbiylar ishtirokida o‘tkazilgan milliy o‘yinlar esa barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
 
Toifalangan ob'ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться