Bugun, 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda jamoatchilik kengashining 2021-yildagi faoliyati, uning vazifalari, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, shuningdek jamoatchilik fikrini o‘rganish va ularni hisobga olish borasida amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Kengash a'zolari tomonidan kengash faoliyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha bir qator takliflar berib o‘tildi.
Jumladan, aholining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlardan xabardorlik darajasini oshirish, bunda keng jamoatchilikni jalb etish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida turli xil qisqa metrajli fil'mlar yaratish, Adliya vazirligida vazirlik rahbariyati tomonidan tashkil etiladigan fuqarolar qabulida kengash a'zolarining ishtirok etishi, yoshlar bilan ishlash, “ustoz-shogird” a'nanasini tiklash kabi masalalar muhokama qilindi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi oldida turgan aniq maqsadlar, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar va vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida kengashning tegishli qarori qabul qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi