O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Respublika ishchi guruhi vakillarining Navoiy viloyatiga tashrifi davomida faxriy xodimlar nafaqaga kuzatildi
2021-03-03 | Jamiyat
Ichki ishlar organlari xodimlarini ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalash jarayoniga baho berish va uni takomillashtirish bo'yicha manzilli chora tadbirlarni belgilash, soha fidoyilarida vatanparvarlik, xizmat burchiga sadoqat va halollik tuyg'ularini shakllantirish yuzasidan har bir hudud kesimida ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish maqsadida tashrif buyurgan Respublika ishchi guruh vakillari ishtirokidagi navatdagi uchrashuv Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” binosi katta majlislar zalida o'tkazildi.
Tadbirga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari M.M.Xodjimatov, IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, polkovnik X.V.Maxsumov hamda Navoiy viloyati hokimining o'rinbosari Ya.R.Dushanov tashrif buyurdi.
Shaxsiy tarkibning 140 nafardan ortiq xodimlari hamda ularning oila a'zolari, IIV Navoiy akademik litseyi o'quvchilari mazkur uchrashuvga jalb etilib, tashrif buyurgan mehmonlar tanishtirilgan holda, tadbirni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari M.M.Xodjimatov ochib berdi.
Shundan so'ng IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, polkovnik X.Maxsumov ichki ishlar organlari tizimida keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida qisqacha ma'lumot berib, yig'ilishga taklif etilgan rahbarlar bilan birgalikda viloyat ichki ishlar organlarida uzoq yillar davomida xizmat qilgan 3 nafar xodimlar, ya'ni Navoiy shahar IIO FMB boshlig'ining o'rinbosarlari, podpolkovnik Sh.S.Adizov hamda podpolkovnik B.X.Januzokov shuningdek, Tashkiliy bo'lim boshlig'i, podpolkovnik L.F.Shoimovlarni nafaqaga kuzatish tadbirini o'tkazdi. Uchrashuv davomida sohada xizmat olib borayotgan 4 nafar namunali xodimlarning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.
Taqdirlash marosimidan so'ng, san'at va madaniyat vakillari tomonidan kontsert dasturi yig'ilganlar e'tiboriga namoyish etilib, tadbirga ko'tarinki ruh bag'ishladi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi