O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQShning Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan onlayn uchrashuv
2021-03-02 | Ekologiya
Davlat ekologiya qo‘mitasida Amerika qo‘shma shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit davlat monitoringi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risidagi konventsiyaga qo‘shilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shuningdek, AQSh tomoni vakillari yangi saylangan AQSh Prezidenti Administratsiyasi atrof-muhit muammolari yuzasidan xavotirda ekanligi va Iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qaytganligini ma’lum qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilishning barcha yo‘nalishlarida alohida uchrashuvlarni tashkil etish hamda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi