O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiy ilm-fan rivojida yangicha yondashuv

2021-02-27 | Fan

Mamlakatimizda ilm-fan, ta'lim-tarbiya, innovasiya sohalarida olib borilayotgan tub islohot va yangilanishlar milliy harbiy san'at tarixi, o‘zbek xalqining boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish, shu orqali harbiy ilm-fan tizimini rivojlantirishni taqozo etmoqda.

Joriy yilning 12-yanvar kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan Qurolli Kuchlarni rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash bo‘yicha bir qator muhim topshiriqlar berildi.
 
Ayniqsa, harbiy kadrlarni tayyorlash hamda harbiy ilm-fanni rivojlantirish borasida Yurtboshimiz tomonidan milliy harbiy san'at tarixi hamda zamonaviy jang amaliyotlarini chuqur o‘rganib, qo‘shinlar tayyorgarligi usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo‘yildi. Harbiy ta'lim tizimida ta'lim oluvchilar qalbida milliy ruh, ona Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini har tomonlama kuchaytirish, buyuk ajdodlarimiz, jumladan, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Shoxruh Mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi sarkardalarimizning boy jang san'atidan keng foydalanish muhimligi alohida ta'kidlab o‘tildi.
 
Davlatimiz rahbari tomonidan buyuk sarkarda bobolarimizning boy harbiy merosi chuqur o‘rganib borilishi uchun Qurolli Kuchlar akademiyasida faoliyat yuritayotgan Ilmiy-tadqiqotlar instituti negizida “Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti” tashkil etish to‘g‘risida qo‘yilgan ustuvor vazifa Qurolli Kuchlar miqyosida harbiy ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha islohotlarning dadil boshlanishi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
 
Albatta, tashkil etiladigan Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar institutining faoliyati doirasida quyidagi dolzarb yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi:
milliy harbiy san'at tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy merosi, ularning sarkardalik mahorati, strategiya va jang taktikasi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish hamda atoqli tarixiy sarkardalarimizning qahramonliklarini tahlil qilish;
ajdodlarimizning boy harbiy merosi asosida harbiy atamashunoslikni takomillashtirish, ilmiy asoslangan harbiy atamalarni iste'molga kiritish, shu maqsadlarda uslubiy tavsiyalar, ensiklopedik lug‘atlarni tayyorlash;
yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va tarixchi olimlar bilan hamkorlikda milliy harbiy san'at tarixining tadrijiy shakllanishi va rivojlanishi, buyuk ajdodlarimiz qahramonliklari, buyuk sarkardalarimizning boy jang san'ati, harbiy qadriyat va an'analar yuzasidan ilmiy izlanish olib borish;
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda hozirgi davr urushlari va zamonaviy harbiy nizolarning xarakteri, xalqaro, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka nisbatan harbiy sohadagi xavf va tahdidlarni kompleks ravishda tahlil qilish;
harbiy san'at rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, zamonaviy jang nazariyasi va amaliyotini chuqur o‘rgangan holda qo‘shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
 
Mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan Qurolli Kuchlar tizimida harbiy ilm-fanni takomillashtirish jarayoniga Innovasion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, respublikamizning yetakchi oliy ta'lim muassasalari ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislari hamda tadqiqot olib borishda boy amaliy tajribaga ega bo‘lgan ekspertlarni jalb etilishi ko‘zda tutilmoqda.
 
 
 
Xulosa o‘rnida ta'kidlash joizki, bugungi kunda global axborot va kiber makondagi qarama-qarshilik inson, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurashning kuchaygan sharoitda Qurolli Kuchlar faoliyatiga ilg‘or axborot va innovasion texnologiyalarni keng tatbiq etish, buyuk ajdodlarimizning boy harbiy merosini chuqur o‘rganish orqali harbiy ilm-fanni rivojlantirish, yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish va islohotlar jarayoniga iqtidorli yoshlarni keng jalb qilish – yangi O‘zbekiston taraqqiyotini, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini samarali ta'minlashga xizmat qiladi.
 
Polkovnik Azizjon TOIROV, Qurolli Kuchlar akademiyasi Ilmiy-tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться