O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O`zbekistonning ochiq ma`lumotlar sohasida erishgan yutuqlari xalqaro onlayn konferensiyada e`tirof qilindi

2021-02-26 | Texnologiyalar

Joriy yilning 24- fevral kuni Open Data Inventory (ODIN)ning 5- yillik hisoboti e'lon qilindi. Ushbu hisobot ODIN-2020/21 natijalarining global ochiq ma'lumotlar rivojlanishi va tahlili sur’ati bo'lib, ular 2020-yil dekabr oyining boshlarida nashr etilgan.

ODIN – so'nggi nashrda 187 mamlakatni qamrab olgan milliy statistik ma'lumotlarning yagona global ochiq ko'rsatkichidir. Ushbu indeksdan hozirda ko'plab mamlakatlar o'z davlatlarida statistik ma'lumotlarni topishdagi yutuqlari uchun etalon sifatida foydalanmoqda.

"Milliy statistika uchun ochiq ma'lumotlar: taraqqiyot va istiqbol rejalari" tadbiri ODIN 2020/21ning so'nggi hisoboti natijalarini, shu jumladan rasmiy statistikadagi ochiq ma'lumotlarning holati haqidagi sharhlarni namoyish etishga qaratildi. Turli xil mamlakatlardan 100 dan ortiq ishtirokchilar xalqaro online konferensiyada ishtirok etishdi.

Shuningdek, har xil MSBlarning (Milliy statistikaboshqarmasi) besh nafar eksperti ishtirokida panel muhokamasi bo'lib o'tdi. Ularning har biri ODINda ochiq ma'lumotlarni va ta'sirchan taraqqiyotni takomillashtirish bo'yicha muvaffaqiyatli strategiyalarni amalga oshirish tajribalari, shuningdek ular duch kelgan muammolar va kelajakdagi loyihalar bilan o'rtoqlashdi.

Milliy statistika boshqarmasi – milliy yoki mintaqaviy darajada iqtisodiy-demografik vaziyat haqida statistik ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlashni o'z ichiga olgan tashkilot.

Moderator sifatida Shayda Badie (Open Data Watch boshqaruvchi direktori) hamda ma'ruzachilar sifatida quyidagilar ishtirok etdi:

Akrom Sultanov, Davlat statistika qo'mitasi, Ochiq ma'lumotlar portalini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i;

  • Latifa Alshehkhi, Raqobatdoshlik statistikasi Federal markazi, Birlashgan Arab Amirliklari;
  • Bert Kollimor, Ma'lumotlar bazasi tizimlari muhandisi, Markaziy Statistika idorasi, Sent-Lusiya;
  • Ivan Sno, Surinam statistika byurosi direktori;
  • Rut Minya, Tanzaniya Milliy statistika byurosining bosh statistik xodimi.

Ma'ruzachilarning taqdimotlarida nimalarda muvaffaqiyatga erishganliklari, qiyinchiliklar va to'siqlar qayerda qolayotgani hamda shu kabi yutuqlarga erishmoqchi bo'lgan boshqa MSBlar uchun tavsiyalar muhokama qilindi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston ochiq ma'lumotlar reytingiga ko'ra Open Data Inventory (ODIN) 63 ball to'plab, dunyoda 44, markaziy Osiyoda 1- o'rinni egallagan, shuningdek 125 pog'onaga ko'tarilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Поделиться