O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston hududlarida NNTlar uchun beshta kovorking-maydon tashkil etildi

2021-02-25 | Innovatsiya

Urganch shahridagi “Hamdard” aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy, tibbiy, huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi qoshida nodavlat notijorat tashkilotlari uchun kovorking-markaz ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Bu Oʻzbekistonda “Innovatsiya uchun hamkorlik” dasturi doirasida faol fuqarolarning oʻqib-oʻrganishi va ishlashi uchun yaratilgan kovorking-maydonlarning hisob boʻyicha beshinchisidir.

Xorazm viloyatidagi “Doʻstlik va NNT uylari” bazasida faoliyat koʻrsatayotgan kovorking hududiy NNTlar vakillarining bilim va kasbiy malakalarini oshirish uchun qulay ish maydonini yaratish maqsadida ochilgan. Ular oʻquv va texnik resurslarga, shu jumladan web-akademiya (http://www.studyorg.uz/ )dan foydalanish imkonini beradi.

“Hamdard” NNT onlayn ishlashning zamonaviy vositalari (ZOOM platformalari va boshqa)dan samarali foydalanish boʻyicha seminarlar oʻtkazishni rejalashtirgan. NNT xodimlari uchun moʻljallangan trening va maslahatlar davomida asosiy urgʻu volontyorlarga motivatsiya berish, loyiha yozish va ularni boshqarish, maqsadli guruhlar ehtiyojini baholash jihatlari hamda metodlariga qaratiladi.

Avvalroq NNTlar uchun 4 ta kovorking-maydoni Navoiy, Toshkent, Xorazm va Fargʻona viloyatlarida ochilgan edi.

Jumladan, joriy yil 5-yanvarda Navoiy viloyatida “Toʻmaris” ayollar va yoshlar markazi viloyatdagi “Doʻstlik va NNT uylari” bazasidagi kovorking-maydon taqdimotini oʻtkazdi. Uning asosida NNTlarning davlat idoralari oʻrtasida oʻzaro muloqot va hamkorlik oʻrnatish uchun qulay makon yaratish koʻzda tutilgan. Jamoat tuzilmalari xodimlari Internetdan, shu jumladan NNTlar web-akademiyasidan, ofis uskunalaridan foydalanish, shuningdek, tashkiliy rivojlanish boʻyicha bilimlarini oshirish imkoniga ega boʻladi.

18-fevralda NNTlar uchun birdaniga yana 3 ta kovorking-maydon ochildi. Ulardan biri Toshkent shahridagi “Nihol” rivojlanish va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash markazining gender taʼlim boʻyicha huquqiy-resurs kovorking-markazidir.

Bu yerda nodavlat notijorat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati va ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish uchun sharoit yaratish orqali inson kapitalini toʻplash uchun infratuzilma yaratilgan. Yaqin kelajakda mutaxassislar kovorking bazasida NNT xodimlari uchun tashkiliy rivojlanish va strategik rejalashtirish, psixologlar va volontyorlar uchun oilaviy zoʻravonlik qurbonlariga psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha treninglar oʻtkazadi.

Yana bir kovorking-maydon Fargʻona viloyatida “Taraqqiyot” aholini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish markazi qoshida tashkil etildi. Bu ham NNTlar va davlat idoralari oʻrtasidagi konstruktiv muloqot va oʻzaro hamkorlik uchun ochiq va qulay maydondir.

“Taraqqiyot” NNT ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining respublika assotsiatsiyasini tashkil etish gʻoyasini ilgari surmoqda. Kovorkingdan NNTlar salohiyatini oshirishda, ularning faoliyatidagi texnik va axborot koʻmagi koʻrsatishdagi muammolarni hal etishda foydalaniladi. Xususan, tashkiliy rivojlanish va strategik maqsad, moliyaviy menejment va volontyorlik boʻyicha treninglar oʻtkazish rejalashtirilgan.

18-fevralda Qoʻqon shahridagi “Ezgu niyat” NNT “Muvaffaqiyatli makon” loyihasini taqdimot etdi. Tashkilot nogironligi boʻlgan shaxslar va faol fuqarolar uchun muvaffaqiyatli makon yaratish gʻoyasini ilgari suradi. Mazkur NNT mutaxassislari va trenerlari jamoat tuzilmalari xodimlariga loyiha talabnomalarini yozish, hisobot berish, auditorlik faoliyati, mablagʻ yigʻish strukturalarini oʻrgatadi. Maslahatchilar trening ishtirokchilariga onlayn va offlayn ravishda murabbiylik qiladi, deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati.

Mamlakatimiz hududlarida kovorking-maydonlari sonini koʻpaytirish zamirida NNTlarning zamonaviy va qulay ish joyiga boʻlgan ehtiyojini qondirish, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining bilimlarini sifat jihatdan oshirish, NNTlar hamda davlat idoralari oʻrtasida samarali oʻzaro aloqalarni oʻrnatish maqsad qilingan.

Maʼlumot uchun: Faol fuqarolar salohiyatini oshirish uchun zarur texnikalar bilan jihozlangan va ish muhiti bilan taʼminlangan kovorking-maydonlari Oʻzbekistonda “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturining beshta pilot NNT qoshida tashkil etildi. Dastur “Yuksalish” umummilliy harakati, “ARGO” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (Qozogʻiston) tomonidan AQSHning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) moliyaviy koʻmagida amalga oshirilmoqda.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться