O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Shubhali» korxonalar halol tadbirkorning haqiqiy dushmani

2021-02-24 | Iqtisodiyot

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni kamaytirib ko‘rsatish va qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini noqonuniy hisobga olish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan 50 dan ziyod tadbirkorlik subyekti vakillari bilan uchrashdi.

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda DSQ raisi davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlar, soliq to‘lovchilar bilan konstruktiv muloqotga, ularning muammolarini tinglashga doim tayyor ekanligini bildirdi.
 
 
Shu bilan birga Sh.Kudbiyev mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta'minlash va aholi turmush farovonligini oshirish yo‘lida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, xususan, «shubhali» korxonalar faoliyatga chek qo‘yishda ortga yo‘l yo‘qligini va bu boradagi ishlar jadal davom ettirilishini qat'iy ta'kidlab o‘tdi.
 
Buning uchun davlat soliq xizmati organlari ma'lumotlar bazasi, serverlari quvvatini muntazam ravishda oshirib boriladi, sohaga biznes jarayonlarni inson omili aralashuvisiz avtomatik tahlil qilish va soliq qonunchiligi buzilishining yuqori risklari, shubhali moliyaviy operatsiyalarni aniqlab berish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalardan keng foydalaniladi.
 
Mutaxasssislar tomonidan olib borilgan keyingi tahlillar natijasida shubhali tadbirkorlik sub'ektlari soni bundan ham ko‘p ekanligi aniqlandi. Tahlika-tahlil (risk-analiz) dasturi orqali o‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra, dastlabki aniqlangan 396 ta shubhali korxona qatoriga yana 129 ta korxona qo‘shilib, ular soni 525 taga yetdi. 
 
Shuningdek, qo‘mita raisi «obnalchilar» – halol ishlaydigan tadbirkorning birinchi va yagona dushman ekanligi, ular nosog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirib, boshqa insofli soliq to‘lovchilar biznesiga putur yetkazayotganligiini, bunday noqonuniy harakatlar bo‘yicha to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligini alohida e'tirof etdi.
 
DSQ raisi har bir tadbirkorning arzini birma-bir tingladi. Ularning muammolariga asosli yechimlar taklif etdi. Jumladan, QQS summasini noqonuniy hisobga olish natijasida soliq qarzdorligi vujudga kelgan tadbirkorlarga Soliq kodeksi normalari asosida ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berdi. Bunda tadbirkorlik sub'ekti vakillari davlat soliq organlariga ariza bilan murojaat qilishlari lozim bo‘ladi.
 
Davlat soliq xizmati organlari va tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida ochiq muloqot maydoni yaratish, ya'ni telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Soliqchi va tadbirkor” guruhini tashkil etish vazifasini topshirdi. Ushbu guruhda o‘rtaga tashlangan har bir asosli taklif, murojaat va e'tiroz mutaxassislar tomonidan muhokama qilinib, ijobiy yechimlar taklif etib borishga kelishib olindi.
 
Tadbirkorlar ham, bir qator takliflar bildirdi. Xususan, insofsiz soliq to‘lovchilarni aniqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘lamini kengaytirish taklif etildi. Davlat soliq xizmati organlarining shaffof faoliyat yuritishidan manfaatdor ekanliklarini va bunday harakatlarni faol qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.
 
– Bu kabi uchrashuvlar tez-tez tashkil etilsa, bundan davlat soliq xizmati organlariga ham, tadbirkorlarga ham har tomonlama foyda bo‘ladi, – deydi tadbirkor Umidjon Yunusov. – Biz insofsiz tadbirkorlik subyektlarini aniqlash tizimini yanada takomillashtirilishi tarafdorimiz. Mazkur tizim ertami, kechmi joriy etlishi lozim edi. Tan olishimiz kerak bu dastlab biroz qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Ammo mazkur tizim halol va qonuniy tadbirkorlik muhitini yaratishda, yashirin iqtisodiyotning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Ma'lumot uchun, hozirgacha, 10 mingga yaqin korxona byudjetga to‘lanadigan soliq summalarini kamaytirgan shubhali tadbirkorlik sub'ektlari bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirib, qariyb 1 trillion so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisob (zachet)ga olgan holda byudjetga to‘lamagaligi aniqlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Поделиться