O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligi vazirligida Bilim va amaliyot loyihasi doirasida “Raqamli karyera kuni” o‘tkazildi

2021-02-24 | Yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi  tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchi talaba va magistrantlarining bandligini ta'minlashga ko‘maklashish maqsadida “Yoshlar: bilim va amaliyot” loyihasi doirasida “Raqamli karyera kuni” ochiq muloqoti tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining boshqarma boshlig‘i Abbos Akramov va bosh inspektor Adxamjon Axmedov Davlat fuqorolik xizmatiga ishga kabul kilish tartibi, ochiq tanlov jarayonlari va vakant lavozimlar yagona ochiq portali faoliyati haqida batafsil ma'lumot berdi.
 
Shuningdek, bitiruvchi talabalarga davlat fuqarolik xizmati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vacancy.argos.uz platformasidan foydalanish imkoniyatlari, kelgusida kadrlar raqobatbardoshligiga erishishda malaka talablari va nomzodlarning shaxsiy sifatlarini rivojlanishtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.
 
Ma'lumot o‘rnida, portaldagi davlat vakant lavozimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda shakllantiriladi va nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
 
Bu borada amalga oshirilgan ishlarning qisqacha sarhisobi bo‘yicha to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Respublikada birinchilardan bo‘lib, joriy yilning sentyabr' oyidan boshlab vakant lavozimlarni malakali va eng munosib nomzodlar bilan to‘ldirish maqsadida vacancy.argos.uz portal orqali tanlov o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘ydi.
 
Ochiq tanlov bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, jami 44 ta vakant lavozimlarga 1 672 ta nomzodlarning arizalari elektron tarzda qabul qilindi va tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra 30 nafar nomzod ilk marotaba ochiq tanlov asosida ishga qabul qilindi.
 
Ochiq muloqot va erkin tarzda tashkil etilgan uchrashuvda bitiruvchilarga davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari hamda ishga joylashish uchun zarur ko‘nikmalar berish to‘g‘ridan to‘g‘ri portaldan foydalangan xolda onlayn shaklda ko‘rsatib berildi.
 
Tadbirga talaba yoshlarni keng qamrab olish maqsadida vazirlik tizimidagi oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallari bitiruvchi kurs talabalari xam “Zoom” dasturi orqali ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться