Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov Zarafshon shahrining “Daugistau” va Alisher Navoiy, Navbahor tumanining “Navkar” va “Sarbozor” mahallalarida bo‘lib, fuqarolar yig‘inlarining xizmat binosi, yaratilayotgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan “mahallabay” ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Mahalla oqsoqollari va tadbirkorlar bilan mahallada mavjud muammolar yuzasidan suhbatlar olib borildi, muammolarni bartaraf etish yuzasidan shahar hokimligi vakillariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
R.Mamatov tomonidan Alisher Navoiy mahallasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligi e'tirof etildi. 33 ta ko‘p qavatli uylarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgani va markazlashtirilgani, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan holda ish tashkil qilinganligi mahallada jinoyatchilikning oldini olishda muhim omil bo‘lmoqda. Mutasaddilarga kuzatuv kameralarining markazlashgan tizimini shahar hududi bo‘ylab barcha mahallalarda tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berdi.
“Navkar” va “Sarbozor” mahallalarining qurilishi boshlangan xizmat binolari bilan tanishilib, takliflar bildirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi