O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Janubiy Koreyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan muloqot o‘tkazildi

2021-02-22 | Jamiyat

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi, Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi hamda O‘zbekiston Umumjahon yoshlar assotsiatsiyasining ushbu mamlakatdagi vakilligi bilan hamkorlikda vatandoshlar ishtirokida onlayn-muloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirga, shuningdek, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida 30 ming nafarga yaqin obunachiga ega «Koreyadagi o‘zbeklar» sahifasi muallifi, bloger Nuriddin Ahmedov taklif etildi. Ushbu sahifa orqali  yurtdoshlarimizdan ko‘plab savollar olindi. O‘zbekistonga taʼtilga borib, Janubiy Koreyaga qayta olmayotgan mehnat migrantlari va talabalar o‘z savollariga onlayn-muloqot tashkilotchilaridan  atroflicha  javob oldi.

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari vatandoshlarni Koreya Respublikasida davom etayotgan karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish, o‘z sog‘ligini himoya qilish choralarini ko‘rishga chaqirdi. Shuningdek, vatandoshlarga Janubiy Koreya qonunchiligiga qatʼiy rioya qilish  yuzasidan tavsiyalar berildi.

Yurtdoshlarimizga elchixona tomonidan ko‘rsatilayotgan konsullik xizmatlari haqida maʼlumot taqdim qilindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться