O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikning yangi bosqichi

2021-02-22 | Xavfsizlik sohasi

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda amaliy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida bo'lib turibdi.

Bugun tashrif dasturi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o'rinbosari – Ichki ishlar vaziri Shayx Saif bin Zoid Ol Naxayon bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Do'stona va konstruktiv ruhda o'tgan uchrashuvda har ikki tomon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019-yil mart oyida Amirliklarga amalga oshirgan rasmiy tashrifi o'zbek-amirlik munosabatlari rivojining yangi bosqichini boshlab berganligini e'tirof etdilar. Shuningdek, uchrashuvda ichki ishlar vazirliklari o'rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud shartnoma-huquqiy bazani kengaytirish, jinoyatchilikka qarshi kurash, Amirliklar Ichki ishlar vazirligi tizimida keng qo'llanib kelinayotgan ilg'or texnologiyalar, fuqarolarga elektron xizmat ko'rsatish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasida birgalikda hal etilishi lozim bo'lgan masalalar va istiqbolli loyihalarni atroflicha muhokama qildilar.

Tadbir yakuni bo'yicha amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishildi.

Shu kunning o'zida, O'zbekiston delegatsiyasi Abu-Dabi shahrida o'z ishini boshlagan nufuzli tadbir – IDEX-2021” xalqaro mudofaa va xavfsizlik ko'rgazmasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Dunyoning 60 dan ortiq davlatlaridan 1300ga yaqin kompaniyalar vakillari ishtirok etayotgan mazkur xalqaro ko'rgazma bir necha yillardan buyon mudofaa va xavfsizlik sohasidagi eng so'nggi yutuqlar namoyish etiladigan xalqaro maydon sifatida katta nufuzga ega.

Ko'rgazmadan ko'zlangan asosiy maqsad mudofaa va politsiya sohasidagi sun'iy intellekt, texnologiya va jihozlarga oid so'nggi yangiliklarni namoyish etish hamda ushbu yo'nalishda davlatlar hukumatlari va biznes vakillari o'rtasida hamkorlik o'rnatishga ko'maklashishdan iborat.

Tashrif tafsilotlari yuzasidan qo'shimcha axborot berib boriladi.

IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться