“Bunyodkor” mahallasidagi ayollar bandligini ta'minlash masalalari muhokama etildi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova Namangan viloyati Namangan shahridagi “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bandligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.
Hozirda “Bunyodkor” mahallasidagi 12 883 nafar aholining 6 118 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Shundan 118 nafar ayol “Ayollar daftari”ga kiritilgan.
Vazirning birinchi o‘rinbosari G. Marufova rahbarligida xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ayollar bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda imtiyozli kredit olish istagidagi xotin-qizlarga tadbirkorlik va biznes faoliyatlarini boshlashlari uchun boshlang‘ich huquqiy, iqtisodiy tushunchalar berib o‘tildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi