O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boks: yoshlarimiz Rossiyadan medallar shodasi bilan qaytishdi

2021-02-22 | Sport

15-20 fevral kunlari Rossiya Federatsiyasining Komsomolsk shahrida boks bo‘yicha 2003-2004 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida Afg‘on urushi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada Rossiya, Afg‘oniston, Moldova, Polsha, Belarus va Ukraina terma jamoalari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi yoshlari ham ishtirok etishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 6 nafar bokschimiz shohsupaga ko‘tarildi. E'tiborlisi, shulardan teng yarmi oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
 
Bugun turnirda qatnashgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari tomonidan kutib olindi.
 
Komsomolsk shahrida o‘tgan xalqaro turnirda sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz bilan tanishing:
 
Oltin:
 
-52 kg: Mirkomil Saidoxunov
 
-91 kg: Nusratjon Tohirov
 
+91 kg: Ali Nuranov
 
Kumush:
 
-64 kg: Bekzod Bekmurodov
 
Bronza:
 
-69 kg: Samandar Solijonov
 
-81 kg: Sardor Rahmonberdiev

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться