O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

110 ta O‘zbekiston ekspertlari worldskills standartlariga asosan o‘qitildi va sertifikatlandi

2021-02-21 | Jamiyat

2021-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O‘zbekistonda WorldSkills ekspertlar hamjamiyatini tayyorlash va uning salohiyatini oshirish maxsus dasturining ishga tushirilishga bagishlangan tadbir o‘tkazildi va uning doirasida mamlakatimizning 6 viloyatidan 110 dan ortiq ekspertlar o‘qidilar.

Mamlakatimizda inson kapitalini to‘laqonli rivojlantirish, oliy va kasbiy ta'limning sifatini oshirish, mehnat bozorining rivojlanishi tendensiyalarini inobatga olgan holda, aholining keng qatlamlarini talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish hamda malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy yetish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ushbu islohotlarni amalga tadbiq qilish doirasida, 2021-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O‘zbekistonda WorldSkills ekspertlar hamjamiyatini tayyorlash va uning salohiyatini oshirish maxsus dasturining ishga tushirilishga bagishlangan tadbir o‘tkazildi.
 
Ushbu tadbirda Bandlik va mehnat aloqalar vazirligi, Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish Assosiasiyasi (WorldSkills Uzbekistan), Kasbiy maxoratni rivojlantirish agentligi (WorldSkills Rossiya), Rossiya Federatsiyasining Yelchixonasi, BMTTD va boshqa vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi.
 
Ushbu tashabbusda mamlakatimiz uchun kasbiy tayyorgarlikning innovasion tizimini yaratishda va WorldSkills standartlariga muvofiq talabalarning vakolatlarini mustaqil baholashda bevosita ishtirok yetadigan WorldSkills Uzbekistan ekspertlar hamjamiyatini tashkil yetish, so‘ngra (Skills pasportlar) mahoratlar pasportlarini topshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu ta'lim ahamiyati Kasbiy maxoratni rivojlantirish agentligining (WorldSkills Rossiya) Bosh direktori R.Urazov tomonidan alohida e'tirof etildi: Zamonaviy texnologiyalar ish o‘rinlari yaratibgina qolmasdan, afsuski ularni qisqartirishadi, murakkabroq mahoratga ega bo‘lgan malakali ishchilar talab qilinmoqda".
 
Vazirning birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov ta'kidlaganidek: "O‘tgan treninglar - bu kasbiy tayyorgarlikning dasturlarini yaratish va amalga tadbiq qilishni nazarda tutgan ekspertlar hamjamiyatini tashkil yetish, hamda "Ishga Marhamat" Monomarkazi negizida WorldSkills standartlariga asosan Malakalarni Baholash Markazi (MBM) va Kasb-hunarga O‘qitish Markazini (KO‘M) yaratish orqali mahoratlarni mustaqil baholash tizimini yaratishda birichi qadamdir".
 
Treninglar doirasida ishtirokchilar quyidagi 14 yo‘nalishda o‘quv-mashg‘ulotlarida qatnashdilar: 
mehmonxona xo‘jaligi yo‘nalishi
qandolatchilik; 
mobil robototexnika; 
oshpazlik yo‘nalishi; 
povarskoe delo; 
restoran xizmati; 
santexnika va isitish; 
payvandlash; 
quruq qurilish va suvoqchilik yo‘nalishi; 
moda texnologiyalari; 
elektromontaj; 
bo‘yoqchilik ishi; 
biznes uchun dasturiy yechimlar;
estetik kosmetologiya. 
Tadbirda treninglarda qatnashib, baholashdan eng yuqori ko‘rsatkichlar bilan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilarga WorldSkills Uzbekistan eksperti maqomini beradigan sertifikatlarni topshirish marosimi o‘tkazildi.
 
Tashabbus Rossiya Federatsiyasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTD va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining "O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish" qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться