Bugun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Mergancha” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi hamda hududdagi olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan atroflicha tanishdi.
Mahalladagi mavjud ichki yo‘llarni sifatli ta'mirlash, eski siyog‘ochlarni yangi beton ustunlarga almashtirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tuman mas'ullariga zarur topshiriqlar berdi.
Shundan so‘ng mazkur mahallada yangidan qad ko‘targan masjid binosini ko‘zdan kechirdi va uning atrofini yanada obod qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
Tumanning “O‘roqboyjar” hamda “Kamangaron” mahallalaridagi mavjud holat va aholi muammolari bilan tanishish asnosida hududda yashovchi fuqarolar murojaatlarida keltirib o‘tilgan masalalarni tez fursatda bajarish, ushbu fuqarolar yig‘inlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mas'ullarga qator topshiriqlar berdi.
Vazir R.Mamatov Urgut tumaniga qilgan mazkur tashrif davomida hududdagi mahalla tizimi xodimlari salohiyatini yanada oshirish, viloyat, tuman va shahar mas'ullarini fuqarolar yig‘inlari bilan muntazam va samarali aloqa o‘rnatishi hamda ularga doimiy ko‘mak ko‘rasatishga jiddiy e'tibor qaratishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi. Tuman mutasaddilari oldiga bu boradagi tezkor bajarilishi shart bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi