O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi IIV va BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi o'rtasida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi
2021-02-20 | Jamiyat
Joriy yil 18-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasida IIV mas'ul xodimlari bilan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi vakillari o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining muhokamasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda O'zbekiston bilan BMT va uning muassasalari o'rtasida ko'plab yo'nalishlar bo'yicha xalqaro hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotgani ta'kidlab o'tilib, vakolatxonaning odam savdosi va muhojirlar noqonuniy olib o'tilishiga qarshi kurashish masalalari bo'yicha yangi tayinlangan maslahatchisi R. Sirgediene tanishtirib o'tildi.
Shundan so'ng, tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holati hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan bir qator tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi