O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Rahmat Mamatov Toyloqda aholi bilan uchrashdi

2021-02-19 | Jamiyat

Bugun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov aholining yashash tarzi, turmush sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini atroflicha o‘rganish maqsadida Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi “Nayman” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Dastlab tashrif doirasida ehtiyojmand oilalar xonadonlarini tartibga keltirish, ichki yo‘llarni ta'mirlash, mahalla hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
 
Jumladan, vazir R.Mamatov yangidan ta'mirlanayotgan mahalla markazi binosi, Darg‘om kanali ustida bunyod etilayotgan ko‘prikda olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, bu kabi ezgu harakatlar, eng avvalo, aholining muhim hayotiy talab va ehtiyojlarini ta'minlash, ularning yaxshi yashashi uchun amalga oshirilishini, shu bois har bir vazifaga mas'uliyat bilan yondashish va har bir ishni sifatli amalga oshirish zarurligini ta'kidladi. Shu bilan birga mahalla markazi hududidagi bo‘sh turgan yerlarda aholi dam olish maskanlarini barpo etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib, bu xayrli ish mahallaning yanada obod va go‘zal maskanga aylanishiga xizmat qilishini aytib o‘tdi.
 
Vazir R.Mamatov shundan so‘ng odamlarning muammolarini uyma-uy o‘rganish maqsadida aholi xonadonlariga tashrif buyurib, fuqarolar bilan yaqindan muloqotda bo‘ldi. Suhbat davomida oilaviy tadbirkorlik, parrandachilik, tomorqachilik bilan shug‘ullanish oilalar farovonligi va aholi daromadlarini oshishiga xizmat qilishini, bugun mamlakatimizda intilgan, harakat qilganodam borki, mehnatining mahsulini ko‘rayotganini ta'kidladi.
 
Shuningdek, murojaatlar asosida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha viloyat va tuman mutasaddi rahbarlariga zarur topshiriqlar berdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться