O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar hokimligida yoshlar IV yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik muhokama qilindi

2021-02-19 | Sport

Davlatimiz rahbarining 2020-yil dekabr oyida o‘tkazilgan “Yoshlar forumi” hamda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomalarida poytaxtimizning 2025-yil yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan IV yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi haqida alohida to‘xtalib o‘tgan edilar. Shu bilan birga Prezidentimiz tegishli tashkilotlarga mazkur musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish va unga munosib tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Toshkent shahar hokimiyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shahar hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasining mutasaddilari ishtirokida "Toshkent-2025" yoshlar IV yozgi Osiyo o‘yinlarining tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi Rashid Tolipov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi, "Toshkent-2025" direksiyasi direktori Oybek Kasimov va boshqalar qatnashdi.

Yig‘ilishda vazirlik va MOQ mutasaddilari Toshkentdagi mavjud sport obyektlarining hozirgi holati, ular orasida qaysilari bo‘lajak musobaqani qabul qilish imkoniyatiga ega ekanligi, qaysi sport turlari uchun inshootlar qurish lozimligi haqida maʼlumot berishdi. Shuningdek, kun tartibidan musobaqa dasturiga kiritiladigan sport turlari va boshqa tashkiliy masalalar ham o‘rin oldi.

Taʼkidlash joiz, poytaxtimiz bungacha qitʼa va jahon miqyosdagi yirik turnirlarni qabul qilgan bo‘lsa-da, katta kompleks musobaqaga ilk marotaba mezbonlik qiladi. Bu esa muhtaram yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, Yangi O‘zbekistonning hozirgi imkoniyati va salohiyatini jahon hamjamiyatiga namoyish qilish uchun ayni muddao. Uchrashuvda hukumatimiz vakillari musobaqa tashkiliy ishlari bo‘yicha barcha masalalarni hal qilishda yordam berishga tayyor ekanliklari va mazkur yirik loyiha davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini alohida taʼkidlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Olimpiya Kengashining 2020-yil 16-17-dekabr kunlari O‘mon Sultonligida o‘tkazilgan Bosh Assambleyasida Toshkentning 2025-yil bo‘lib o‘tadigan yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi rasman eʼlon qilingan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться