O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, Senat a'zosi Rahmat Mamatovning mahalla tizimi xodimlariga tabrigi

2021-02-18 | Jamiyat

 Qadrli mahalla tizimi xodimlari,
 
 Hurmatli hamkasblar,
 
 Barchangizni biz uchun muhim sana — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil topganiga bir yil to‘lgani munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman.
 
 Aytish lozimki, Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan hamda jamiyat rivoji va odamlar turmush farovonligini oshirish yo‘lida butunlay yangicha tizim sifatida e'tirof etilayotgan vazirlik va uning quyi pog‘onalari tomonidan o‘tgan bir yil davomida ahamiyatga molik ishlar amalga oshirildi. 
 
 Davlat va xalq o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari ish samaradorligi oshishi va shu orqali xalqimiz turmush darajasini yanada yaxshilash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida aniq natijalarga erishilib, mahallalar va  oilalardagi ko‘plab ijtimoiy muammolar kamayishiga erishildi. Ammo hali oldimizda turgan masala va muammolar ko‘lami juda keng. 
 
 Bugun “yuqoridan — quyiga” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar mexanizmida mahallaning o‘rni va ahamiyatini oshirish, fuqarolar yig‘inlari raislarining jarayonlar markazida bo‘lishini ta'minlash, “Mahalla raisi islohotchi”, “Mahalla — yorug‘ yuzimiz va vijdonimiz ko‘zgusi” tamoyillarini amaliy harakatga aylantirish  yo‘lida barchangizga kuch-quvvat, sabru matonat va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
 
 Aziz va qadrli tizim xodimlari,
 
 Sizlarni ushbu ayyom bilan yana bir bor muborakbod etgan holda, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Doimo sog‘ va omon bo‘ling, aziz hamkasblar!

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться