O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident JSTning yangi bosh direktorini tabrikladi
2021-02-18 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaga ushbu yuksak va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari o‘z maktubida yangi bosh direktor rahbarligida ushbu tashkilotning o‘rni va nufuzini oshirish borasidagi samarali islohotlar amalga oshirilishi hamda global inqirozni bartaraf etish va xalqaro savdo munosabatlari tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilishiga ishonch bildirdi.
Mamlakatimiz tez fursatda JSTga a’zo bo‘lishi masalasida yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Manba: O'zA