O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy Osiyo xalqaro institutida BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2021-02-17 | Siyosat

Markaziy Osiyo Xalqaro institutida (MOXI) BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazining (MOPDMM) O‘zbekistondagi vakili Nodir Xudoyberganov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Institut Telegram-kanali maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida MOXI direktori Anvar Nosirov suhbatdoshga mazkur xalqaro tadqiqot muassasasining asosiy vazifalari va faoliyati to‘g‘risida maʼlumot berdi.

O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona va konstruktiv munosabatlarni mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash ekani alohida taʼkidlandi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani, uning maqsad va vazifalari haqida maʼlum qilindi.

Nodir Xudoyberganov MOXI maqsadlari MOPDMM  faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga mos kelishi va ikki tuzilma aloqalari umumiy vazifalarni bajarishga ko‘mak berishini bildirdi.

Tomonlar MOXI va MOPDMM o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mintaqadagi barcha mamlakatlarning umumiy manfaatlariga javob beradigan qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться