O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi boshlandi

2021-02-16 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Vengriyaga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Delegatsiya tarkibiga mamlakatimizning qator vazirlik va idoralari, yetakchi biznes-tuzilmalari rahbarlari kiritilgan.

Tashrif dasturida Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarda o‘zaro muzokaralar o‘tkazish nazarda tutilgan.

Ertaga O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto hamraisligida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-majlisi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

2020 yil 16 iyul kuni Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Toshkentga tashrifi doirasida O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 100 million dollarga yetkazish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni hayotga tadbiq etish yo‘lidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilingan edi. Bu haqda 2019 yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammiti doirasida O‘zbekiston va Vengriya rahbarlarining uchrashuvida kelishib olingan edi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться