O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Adliya vaziri Misr elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
2021-02-16 | Jamiyat
O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov bugun Misr elchisi Amira Fahmi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda adliya vaziri suhbatdoshga vazirlik tizimi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, huquqiy sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar xususida maʼlumot bergan.
Misr elchisi A.Fahmi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, ikki davlat tomonidan ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlarning o‘xshashligini alohida taʼkidlagan. Ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida o‘zaro manfaatli sohalarda birgalikda ishlashda vazirlikka ko‘makdosh bo‘lishga tayyorligini bildirgan.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi