O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yagona ma'lumotlar elektron bazasi milliy antiplagiatni yo‘lga qo‘yishda asosiy omil

2021-02-15 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi Axborot resurslarini shakllantirish departamenti boshlig‘i Mirzayev Chingiz ilmiy loyihalarni tiklash, yagona portalni yo‘lga  qo‘yish uchun qilgan ishlari haqida so‘zladi.

- Markazga ishga kelganimda menga ilmiy loyihalar hisobotlarini raqamlashtirish hamda yagona elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish vazifasi yuklatildi. Mustaqillik davridan boshlab mahalliy olimlarimiz tomonidan amalga oshirilgan ilmiy loyihalarni yagona elektron ma'lumotlar bazasiga yig‘ish va milliy tizimni yo‘lga qo‘yish muhim edi. Birinchi qadam o‘laroq 2017-2020 yillar davomida olimlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalarni tizimga yukladik. Eng asosiysi, yaxshi jamoa shakllantirildi va ishni vazirlik tasarrufida mavjud barcha loyihalarni yuklashdan boshladik.
 
Yagona elektron baza 
 
Ko‘pincha topshirilgan loyihalarning elektron nusxasi yo‘q edi. Bu faoliyatimizning eng og‘ir qismi bo‘ldi. Natijada har bir loyihani, hisobotlarini raqamlashtirish orqali elektron shaklga keltira boshladik. Elektron nusxasi bo‘lmagan loyihalarning har bir sahifasi skaner qurilmasi yordamida tizimga “PDF” formatida saqlab borildi hamda yagona elektron ma'lumotlar bazasidagi loyihalarning ro‘yxati (reestri) shakllantirildi. Qo‘limizda mavjud barcha loyihalar yil va fan yo‘nalishlariga qarab ajratildi. Shu tarzda yagona elektron tizim yo‘lga qo‘yildi.
 
Milliy elektron kutubxona
 
Yagona ma'lumotlar elektron bazasi milliy antiplagiatni yo‘lga qo‘yishga asosiy omil bo‘ladi. Antiplagiat – bu kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertasiyasi, tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan dissertasiyalar, ilmiy maqolalar va monografiyalar matnlarining necha foizi muallif egasiga tegishli yoki necha foizi boshqa manbalardan olinganligini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek izlanuvchilarning mustaqil ishlarini sifatli bajarilishini ta'minlaydi. Ammo e'tibor bergan bo‘lsangiz, o‘zbek tilidagi loyiha va dissertasiyalarni antiplagiatga tekshirganimizda aksariyat hollarda aniq ma'lumot chiqmaydi. Bunga sabab milliy tizimning mavjud emasligi va yetarlicha ma'lumot yo‘qligida. Endilikda yagona baza buning yechimi bo‘lishi mumkin. 
 
Bundan tashqari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan  kiritilgan taklif asosida Milliy elektron kutubxonani ham shakllantirishni maqsad qilganmiz. Bundan maqsad loyiha qilish istagida bo‘lgan shaxslar elektron platformadan mavzuga oid birlamchi ma'lumotlarni olish  yoki shu loyihani davom etish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa keng jamoatchilikka taqdim etish uchun  ham yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.  
 
Bu yil uchun harakat boshlandi!
 
Fundamental loyihalar 4 yilda bir marta berilganligi sababli, biz loyihalarni elektron tizimga o‘tkazish uchun ham 4 yil vaqt oralig‘ini olganmiz. Shu yilga 2014 dan 2017 yilgacha bo‘lgan loyihalarni topib ularni tizimga kiritishni rejalashtirganmiz. Undan tashqari Mustaqilliq davridan boshlab 1991-2020 yillar davomida Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy loyihalar bo‘yicha hisobot xujjatlari jamlangan yagona elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish va arxiv xujjatlari bilan qayta ishlashni o‘z oldimizga maqsad qilib belgilab olganmiz. Loyihalar mavzulari bizda mavjud, endilikda loyihalar qanday amalga oshirilgani va qaysi yunalishlarda olib borilganligi hamda uning natijadorligi bo‘yicha ma'lumotlar yig‘ilmoqda. Mustaqillik davrida hamda undan oldingi davrlar mobaynida amalga oshirilgan ilmiy loyiha hisobotlarini elektron holatga keltirsak, ilm-fanning hozirgi va avvalgi holatini tahlil qilish va darajasini aniqlashga muvaffaq bo‘lamiz. Bu bizga mamlakat aynan qaysi soha va fan yo‘nalishida ilg‘or bo‘lgan va ilm-fan salohiyatining yillar davomida o‘sish darajasini aniqlashga yordam beradi. 
 
Oldinga qo‘yilgan rejalar
 
Ko‘rib turganingizdek, istiqbolli maqsadlar aniq qo‘yilgan va ularni amalga oshirish uchun barcha rejalar ham tuzilgan. Endilikda biz O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan intellektual mulk ob'ektlari bo‘yicha patentlarning shakllantirilgan bazasiga oid hujjatlari bilan qayta ishlashni boshladik. Bu bazaga O‘zbekiston Respublikasida mavjud oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning xalqaro ilmiy jurnallarda va mahalliy ilmiy nashrlardagi maqolalarining yagona elektron ma'lumotlarini ham bu tizimga yo‘naltirmoqchimiz. Shunday maqsadlardan yana biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi Rayosatining tegishli qarorlari bilan shakllantirilgan dissertasiyalar va ularning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati asosida yagona elektron bazasini shakllantirishdir.
 
Aziza Aslanova
 
Ilmiy-texnik axborot markazi

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться