O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Para atletlarimiz Dubaydan 24ta medal bilan qaytishmoqda, shundan 13tasi oltin

2021-02-15 | Sport

Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan Fazza xalqaro Gran-prisidagi ishtirokini yakunlashdi.

Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan Fazza xalqaro Gran-prisidagi ishtirokini yakunlashdi.

Eʼtiborlisi, para atletlarimiz ushbu nufuzli musobaqada 13ta oltin, 5ta kumush, 6ta bronza, jami 24ta medalga sazovor bo‘lishdi va Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritish uchun muhim qadam tashlashdi.

Quyida Fazza xalqaro Gran-prisida sovrindor bo‘lgan sportchilarimio‘ bilan tanishing:

10-fevral kungi g‘olib va sovrindorlar

Boburjon Omonov (yadro uloqtirish F40/41) – oltin

Elbek Sultonov (yadro uloqtirish F12) – oltin

Doniyor Ahmedov (yugurish T11) – kumush

Roziya Ergasheva (nayza uloqtirish FT46) – kumush

Sabina Suxanova (uzunlikka sakrash T37/38, ) – bronza

11-fevral kungi g‘olib va sovrindorlar

Izzat Turg‘unov (uzunlikka sakrash T36) – oltin

Nurxon Qurbonova (yadro uloqtirish F54) – oltin

12-fevral kungi g‘olib va sovrindorlar

Husniddin Norbekov (yadro uloqtirish F35) – oltin

Mohigul Hamdamova (disk uloqtirish F57) – oltin

Sabina Suxanova (yugurish T37) – oltin

Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish F54) – oltin

Natalya Semyonova (nayza uloqtirish F55) – oltin

Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish F42) – kumush

Abdulazizxon Abduhakimov (bosqon uloqtirish F32) – bronza

Yorqin Odilov (nayza uloqtirish F57) – bronza

Farruh Saidxo‘jayev (disk uloqtirish F11) – bronza

13-fevral kungi g‘olib va sovrindorlar

Sabina Suxanova (yugurish T37) – oltin

Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash T11) – oltin

Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish F54) – oltin

Maʼrufjon Murodullayev (yugurish T46) – oltin

Dilafruz Ahmadxonova (yadro uloqtirish F35) – kumush

Mohigul Hamdamova (yadro uloqtirish F57) – kumush

Kubaro Hakimova (yadro uloqtirish F41) – bronza

Omad Hasanov (balandlikka sakrash T46) – bronza

Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari bugun yurtimizga qaytib kelishadi. Sportchilarimiz o‘rin olgan samolyot mahalliyy vaqt bilan soat 16:40da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘nadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться