O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
2021-02-15 | Iqtisodiyot
Shveytsariyaning O'zbekistondagi elchixonasi va BMT Aholishunoslik jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2023- yilda o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish ishlarida foydalanish uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasiga 41 ta kompyuter, 31 ta oq-qora printerlar, 1 ta rangli ko'p funksiyali printer, 1 ta kamera, 15 ta LCD monitorlar, 15 ta Smart TV, 15 ta statsionar mikrofonlar, 15 ta veb-kameralar va 15 ta Wi-Fi routerlarni taqdim etildi.
Taqdimot marosimida Shveytsariya elchisi Olive Shav janobi oliylari, BMT Aholishunoslik jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonasi direktori janob Yu Yu, Davlat statistika qo'mitasi raisining o'rinbosari Maxmudjon Ziyadullaev ishtirok etdi.
Ushbu uskunalar pandemiya davrida qo'mita va hududiy statistika boshqarmalarining Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'linmalari o'rtasida videokonferensaloqa shaklida turli konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etishga xizmat qiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi